Ertak aytmang bolalarga

Ertak aytmang bolalarga siz,
Shoirlardan uzoqroq oling.
- Mana bu yo'l, - deng:
- Mana bu qorin,
Shu g'am deya tolsin oyog'ing.

Ertak aytmang bolalarga, oh,
Kimligini bilib qolmasmi:
Farog'iydek yig'labon, e voh,
Gulhaniydek kulib qolmasmi?..

Ertak aytmang, kitobni yoping,
Boqmasin dil tilkalariga.
Axir u bolaku, Vatanning g'ami,
Og'irlik qiladi yelkalariga.

Hali bir kun o'zni taniydi,
Vatanni taniydi, taniydi ular.
U kun bizga la'nat aytadi,
Ertak tinglab o'sgan bolalar.

Najmiddinbek Ermatov
Qashqadaryo viloyati
Manba: www.hazon.uz


Fikr bildiring

Mehmon sifatida yozish

0
Sharhlar tekshirilib, so'ng taqdim etiladi.
qoidalar .

Suhbatdoshlar